Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakni o‘zaro kelishmovchilik oqibatida pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Qo‘qon shahrida tug‘ilgan 25 yoshli yigit janjal oqibatida tengdoshi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, gumondorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.
Kitob tumanida 20 yoshli yigit o‘zaro tortishuv sababli 25 yoshli yigitni qasddan pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov olib borilmoqda.
Mirobod tumanida 21 yoshli yigit janjal sababli akasining ko‘krak qafasiga pichoq urib, uni o‘ldirdi. Voqea joyidan yashiringan gumonlanuvchi ushlangan va tergov olib borilmoqda.
To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro 23 yoshli sobiq xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Shundan so‘ng o‘ziga ham pichoq urgan erkak shifoxonaga olib ketildi. Bosh prokuratura ular 2022-yilda ajrashgani, ammo majburan birga yashab kelganini bildirdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
36 yoshli xonanda Dilmurod Daliyev o‘zi bilan birga yashab yurgan ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib, qo‘lga olindi. Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, san’atkor ayolga bir necha marta pichoq urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Marg‘ilonda 20 yoshli yigit janjal sabab onasini pichoqlab o‘ldirdi. Unga nisbatan 12 yil qamoq jazosi tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting